Turkiya Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolarini qabul qildi

Joriy yilning 11-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolarini qabul qildi. Yig’ilish Istanbuldagi “Vahdettin” saroyida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Binali Yildirim (Oqsoqollar kengashi raisi, deputat va Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisining sobiq Spikeri va Bosh vaziri), Hasan Hasanov (Ozarbayjon Respublikasi sobiq Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri), Ikram Adyrbek (Qozog’iston Respublikasi Parlament Senatorlar Kengashi a’zosi va Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zosi), Medetkhan Sherimkulov (Qirg’iziston Respublikasi Parlamenti sobiq spikeri), Bahtiyor Sayfullayev (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi) ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, Turkiya Prezidenti Mahkamasi rahbari Hasan Dog’an, Turkiya prezidentining matbuot kotibi va maxsus maslahatchisi Ibrahim Kalin hamda Turkiya Prezidentligida OAV va kommunikatsiyalar bo'limi boshlig'I Fahrettin Altunlar ham uchrashuvda qatnashdilar.

Shuningdek, yig’ilishda tashkilotning so‘nggi Istanbul sammiti qarorlari va natijalari hamda Oqsoqollar kengashining yangi tayinlangan a’zolarining birinchi yig‘ilishi kun tartibi va Turk dunyosida turli sohalarda davom etayotgan hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashindi.