Turkiya Rossiya gazi uchun toʻlovning bir qismini rublda amalga oshirishi haqida ma’lum qildi

Turkiyaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining 25 foizini rublda toʻlash boʻyicha kelishuv tez orada kuchga kiradi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi Turkiya energetika vaziri Fatix Donmezga tayanib, maʼlum qildi.

"Turkiya Rossiyadan sotib olgan tabiiy gazning 25 foizini rublda toʻlaydi. Tegishli kelishuv yaqin kunlarda kuchga kiradi", - degan Donmez.

Uning taʼkidlashicha, bu chora dollarga boʻlgan ehtiyojni va xarajatlarni kamaytiradi.

P.S. Turkiya prezidenti Rajep Tayyip Erdo’gʻan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻtgan hafta Samarqandda muzokara oʻtkazdi. Rossiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan SHHT sammiti chogʻida tomonlar yoqilgʻi yetkazib berishning bir qismini rublda toʻlashga va “Akkuyu” AES qurilishida yuzaga kelgan muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olgan.