Turkiya Tolibon bilan hamkorlik qilishga tayyor

Turkiya prezidenti Tayyip Erdog'an Afg'onistonda hokimiyatni qo'lga kiritgan Tolibon harakati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
"Biz afg'on xalqi uchun tinchlikni saqlash, bu mamlakatda yashayotgan turk fuqarolarining farovonligini ta'minlash, shuningdek, davlatimiz manfaatlarini himoya qilish uchun barcha hamkorlik turlariga tayyormiz, - deydi Erdog'an.
Eslatib o'tamiz, 15 avgust kuni toliblar jangsiz Kobulni egallab olgan va qisqa vaqt ichida poytaxt ustidan nazorat o'rnatgan. Sobiq Prezident Ashraf G'ani qon to'kilishiga yo'l qo'ymaslik uchun o'z harakatlarini oqladi. Qo'shni va g'arb mamlakatlari o'z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqdalar.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Mevlut Chavushog'lu mamlakat Tolibon bilan yaqin aloqada bo'lib, ularning xabarlarini ijobiy qabul qilayotganini ta'kidladi.






