Turkiya va Suriyada qurbonlar soni 33 mingdan oshdi

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) maʼlum qilishicha, mamlakat janubida sodir boʼlgan zilzila oqibatida halok boʼlganlar kecha, 12-fevral holatiga ko’ra, 29 605 nafarga, jarohatlanganlar esa 147 934 kishiga yetgan. Suriyada 3574 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Turkiyada “asr falokati” deb atalayotgan yer silkinishi oqibatida 6,5 mingga yaqin inshootlar vayron boʼlgani aniqlangan.