Turkiyada 50,5 mingdan ortiq bino buzilishi mumkin

Turkiya atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim oʼzgarishi vaziri Murat Kurumning so’zlariga ko’ra, zilzila hududida 50,5 mingdan ortiq zudlik bilan buzilishi kerak boʼlgan binolar aniqlangan.
Eslatib oʼtamiz, 6-fevral kuni Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida 7,4 va 7,8 ballik zilzilalar sodir boʼldi. Yer silkinishlari mamlakatning 10 viloyati va qoʼshni Suriyada sezildi.
Ofat oqibatida Suriyada 1,4 ming kishi, Turkiyada 35 mingdan ortiq odam halok boʼldi.






