Turkiyada kuchli zilzilalar sababli eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi

Favqulodda vaziyatlar davlat boshqarmasining aniqlik kiritishicha, zilzila Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da (Toshkent vaqti bilan 06:17) 7 km chuqurlikda sodir boʼlgan. Shuningdek, yer silkinishlari yarim soat davomida turli hududlarda – Аdana, Аnqara, Аntaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada sezilgan.
Zilzila kuchi 7,5 ballni tashkil qilgan. Turkiyada kuchli zilzilalar tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi.
Al Arabiya telekanalining qayd etishicha, yer silkinishlari Iroq va Livanning ayrim hududlarida ham sezilgan.
“Yeni Shafaq” gazetasiga koʼra, Turkiyaning kamida toʼrt viloyatida vayronagarchiliklar qayd etilgan. Uylarning qulashi Qahramanmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida kuzatilgan. Halok boʼlganlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot olinmagan.
Nashr viloyatdan olingan suratlarni keltirmoqda, ularga koʼra, silkinishlar natijasida kamida bitta bino butunlay vayron boʼlgan.
Manbaalarda qayd etilishicha, zilzila oqibatida jiddiy jarohat olganlar, vayronalar ostida qolganlar bor.






