Turkiyada Prezidentlik saylovlari 2023-yilning 18-iyunida bo’lib o’tadi

Mamlakat Adliya vaziri Bekir Bo‘zdagning so’zlariga ko’ra, Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ham yangi muddatga o‘z nomzodini ilgari suradi.
"Turkiyada prezidentlik saylovlari 2023-yilning 18-iyunida bo‘lib o‘tadi. Bu bizning prezidentimiz (Rejep Tayyip Erdog‘an) ishtirok etadigan ikkinchi saylov bo‘ladi", deya ta’kidlagan vazir Miliyet gazetasiga bergan intervyusida.
Muxolifat avvalroq Turkiyaning amaldagi prezidenti saylovlarda qatnasha olmasligini, chunki bu uning uchinchi muddati bo‘lishini aytgan edi. Adliya vazirligi rahbari bo‘lajak prezidentlik saylovlari Erdo‘g‘on uchun Turkiya 2018-yilda parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tganidan keyingi ikkinchi saylov bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan.






