Turkiyada yil davomida zilziladan jabrlanganlar uchun 320 mingta uy quriladi

Zilziladan zarar ko'rgan aholi uchun 244 ming turar joy va 75 ming qishloq uylarini qurishni rejalashtirmoqda, dedi Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an.
Turkiya prezidenti mamlakatning zarar ko'rgan viloyatlariga tashrif buyurdi."Asr falokati deb ataladigan bu zilzilalar qishning og'ir sharoitlari hukm surgan kunlarda ham sodir bo'lganligi salbiy oqibatlarni yanada kuchaytirdi", deb ta'kidladi Erdog'an.
Zilziladan zarar ko'rgan hududlarda hozirda uy-joyini yo'qotgan odamlar uchun 426 mingta chodir o'rnatilgan. Hokimiyat ikki oy ichida yana 100 mingta konteyner uylarini quradi. Bundan tashqari, Qatar 10 ming konteyner uyini Turkiyaga topshirishga va'da berdi. Ular 2022 yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun sotib olingan. Ushbu konteynerlarning 4 mingtasi allaqachon etkazib berilgan va o'rnatilgan.






