Turkiyada zilziladan jabrlangan aholi uchun mehmonxonalardan joy ajratilmoqda

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mamlakatning zilziladan jabr ko‘rgan 10 viloyatida favqulodda holat e’lon qilgan. Zilzila oqibatida jabrlangan aholi uchun o‘n minglab mehmonxona yotoqlari tayyorlandi, qardosh davlatlardan yordam olish davom etmoqda. Shuningdek, 26 ming kishi qutqaruv operatsiyalariga jalb qilingan.
"Zilzila ulkan vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo tarixidagi eng yirik ofat bo'ldi. Zilziladan jabr ko'rgan hududlarni favqulodda hudud deb e'lon qilamiz. Mamlakatimizda favqulodda holat joriy etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Tariximizdagi eng og'riqli kunlarni boshdan kechirmoqdamiz. Markazi Qahramanmarashning Pazarjik va Elbiston tumanlarida bo'lgan ikki kuchli zilzila 10 viloyatda katta vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi. 13,5 millionga yaqin fuqaromiz halok bo'ldi", - deya qayd etgan Turkiya Prezidenti.






