Turkiyadagi silkinishlar quruqlikdagi eng vayronkor 10 ta zilzila qatoriga kiradi

Olim, seysmologiya professori Edvin Nissenning qayd etishicha, Turkiyadagi zilzilalar “quruqlikda qayd etilgan eng kuchli besh yoki oʼnta silkinishdan biri” bo’lgan. Ofat koʼlami hamda Turkiyaning aholi zich joylashgan qismida yuz bergani uchun vayronkor tus olgan.

Shuningdek, Nissenning taʼkidlashicha, eng kuchli zilzilalar odatda okeanlarda sodir boʼladi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 31 643 nafarga, jabrlanganlar soni 158 168 nafarga yetgan.