Turkiyadagi zilzila qurbonlari 20 mingdan oshdi

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) maʼlum qilishicha, mamlakat janubida sodir boʼlgan zilzila oqibatida halok boʼlganlar 20 318 nafarga, jarohatlanganlar esa 80 088 kishiga yetgan.
Bundan tashqari, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6,5 mingga yaqin inshootlar vayron boʼlgani aniqlangan.
Rasmiylarning bildirishicha, zilzila oqibatida Turkiya janubiy viloyatlarida 13 mlndan ortiq odam jabr koʼrgan.






