Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi, 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda

“Davlat rahbari topshirigʼiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda”,- deya qayd etilgan FVV xabarida.

Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida, soʼnggi maʼlumotlarga koʼra, 1200 dan ortiq odam halok boʼlgan.

Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 912 kishini tashkil etgan, 5385 kishi jarohat olgan. Fuat Oʼktayning soʼzlariga koʼra, Turkiyaning turli shaharlarida kamida 1710 ta bino vayron boʼlgan yoki shikastlangan. Suriya hukumati kamida 320 kishi halok boʼlganini va 600 dan ortiq fuqaro jarohatlanganini qayd etgan.