Turkiyaning markaziy qismida 7,8 magnitudali yangi zilzila qayd etildi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼanning maʼlum qilishicha, zilzila oqibatida halok boʼlganlar 912 nafarga yetgan, 5,4 ming kishi esa jabrlangan. Ammo, yangi xabarlarga ko’ra, Turkiyaning markaziy qismida 7,8 magnitudali yangi zilzila qayd etilgan.
Shuningdek, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 2,8 ming bino vayron boʼlgan.
“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da sodir bo‘lgan zilzila 1939-yildagi Erzindjan zilzilasidan beri Turkiya tarixidagi eng katta falokat bo‘ldi”,- deya qayd etgan Turkiya Prezidenti o’z nutqida.
Ozarbayjon seysmologlarining qayd etishicha, Turkiyada hozir kuzatilayotgan zilzilalar yana bir oy davom etishi mumkin.






