Turkmaniston Prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda turli sohalardagi mustahkam salohiyatni hisobga olgan holda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda taʼkidlanganidek, zamonaviy voqelikdan kelib chiqib, energetika, transport-kommunikatsiya sohasi, infratuzilma kabi strategik sohalarda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish dolzarb masala sifatida koʻrildi.
Tashkilot tuzilmasida tashkil etilayotgan Turkiy sarmoya fondini hisobga olgan holda ham hamkorlik uchun qulay imkoniyatlar ochilmoqda.
Savdo-iqtisodiy soha bilan bir qatorda gumanitar soha ham hamkorlikning ajralmas tarkibiy qismlaridan biri sifatida belgilandi, bu esa turkiyzabon xalqlarni birlashtirib kelayotgan ming yillar davomidagi tarixiy ildizlar, madaniy va maʼnaviy anʼanalar mushtarakligi bilan bogʻliq.
Ta’lim, fan va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar ko‘lamini kengaytirish, umuman, bu yo‘nalishdagi samarali aloqalar o‘zaro manfaatli davlatlararo sheriklikni muvaffaqiyatli rivojlantirishga, uni yangi mazmun bilan to‘ldirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.






