Turkmaniston Prezidentligi uchun 9 nafar nomzod kurash olib boradi

Turkmanistonda mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ko‘rsatish va ro‘yxatga olish bosqichi yakunlandi. Turkmaniston Saylov va referendumlar markaziy komissiyasi sayti xabariga ko‘ra, mazkur lavozimga 9 nafar nomzod, jumladan, amaldagi davlat rahbarining o‘g‘li ham da'vogarlik qilmoqda.

Turkmanistonning amaldagi davlat rahbari yoshlarga yo‘l bermoqchi ekanini ta’kidlagan edi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar orasida amaldagi davlat rahbarining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov Prezidentlik uchun kurashning yetakchisiga aylanmoqda.

Agrar partiya vakillari Agadjan Bekmirodov, Sanoatchilar va Tadbirkorlar partiyasi vakili Babamirat Meredov, Demokratik partiyadan Xydir Nunnayev va Serdar Berdimuhamedovga prezidentlikka nomzod guvohnomalari topshirildi va yana besh kishi tashabbuskor guruhlardan ro‘yxatga olindi bular: Perhat Begenjov, Berdimammet Gurmanov, Maqsatmirat Ovezgeldiev, Kakageldi Sariyev va Xydir Nunnaev.

Turkmanistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov ularda ishtirok etmaydi.

Bosh nomzod: Prezidentlik kurashining yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li – Serdar 2021-yildan buyon mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

U S.A. Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini bitirgan. 2008-2011-yillarda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga qarashli Diplomatiya akademiyasida xalqaro munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Mamlakatning amaldagi prezidentining yagona o‘g‘li Axalteke yilqichilik xalqaro uyushmasi va “Turkman Alabay” xalqaro uyushmasini ham boshqaradi.