Turksoy Bosh kotibi hamda Farg’ona viloyati hokimi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Turksoy Bosh kotibi Sultan Rayev, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotib oʼrinbosari Mirvoxid Аzimov hamda Farg’ona viloyati hokimi ishtirokida uchrashuv o’tkazildi va kelgusi rejalar haqida muzokaralar olib borildi.

Qo’qon shahrida o’tkazilayotgan xalqaro konferensiya ko’plab qardosh davlatlar vakillarini bir manzilga to’pladi. Mazkur tadbir doirasida qator sessiyalar o’tkazilib, Qoʼqon xonligining madaniy hayotida oʼziga xos oʼrin egallagan taʼlim tizimi, adabiy muhitning ushbu soha ravnaqiga taʼsiri, yoshlar taʼlim-tarbiyasi masalalari, hukmdorlar va ziyolilar tomonidan taʼlim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning amaliy samaralari, taʼlim muassasalarining jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi oʼrni xususida soʼz bordi.

Xalqaro konferensiya natijasida tarixni kelajak avlodga haqqoniy yetkazib berishga oid muhim taklif va mulohazalar ishlab chiqildi. Bu nufuzli anjuman Qoʼqon xonligining boy tarixi, madaniy va meʼmorchilik merosining ochilmagan jihatlarini yoritish hamda Turkiy davlatlarning yanada yaqinlashishiga xizmat qildi.