TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish prinsiplari to'g'risidagi Shartnoma ratifikasiya qilindi

"TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish prinsiplari to'g'risidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993 yil 12 iyul) ratifikasiya qilish haqida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko'ra, TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish prinsiplari to'g'risidagi Shartnoma (Olma-ota, 1993 yil 12 iyul) ratifikasiya qilindi.

Ma'lumot uchun, TURKSOY xalqaro tashkiloti 1993 yilda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.

Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma'naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an'analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.