Twitter foydalanuvchi nomlarini auksionga qo’yadi

“The New York Times” nashri xabariga ko’ra, Twitter yangi monetizatsiya manbasini qo’lga kiritish uchun foydalanuvchi nomlarini auksionga qo’yishni ko’rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, tarmoqdagi barcha foydalanuvchi nomlari yoki faqat mashxurlarining kim oshdi savdosiga qo’yilishi hozircha noma’lum.
Avvalroq Twitter rahbari Ilon Mask kompaniya 1,5 milliarddan ortiq faol bo‘lmagan akkauntlarni o‘chirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Twitterning yangilangan qoidalari foydalanuvchi nomlarini sotib olish va sotishni taqiqlaydi.
Ammo ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq hech narsaga qaramay xarajatlarni faol ravishda optimallashtirmoqda. Shuningdek, Twitter allaqachon Sakramentodagi ma’lumotlar markazini yopib, ofis ijarasini to’lashni to’xtatgan va xodimlarni tovonsiz qisqartirishda davom etmoqda.






