Twitterda siyosiy reklamalarga qo’yilgan taqiq bekor qilinadi

Twitterning ishonch va xavfsizlik bo’limi rahbari Ella Irvinning xabar qilishicha, Twitter ijtimoiy tarmog‘i 2019-yilda avvalgi rahbariyat tomonidan siyosiy reklamalarga qo’yilgan taqiqni bekor qiladi.

“Biz kontekstli reklama muhim mavzularning jamoatchilik muhokamasiga hissa qo’shishiga ishonamiz. Bugun biz Qo‘shma Shtatlarda kontekstli reklama bo‘yicha siyosatimizni yumshatamiz. Shuningdek, yaqin haftalarda ruxsat berilgan siyosiy reklamani kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya qayd etgan u o’zining Twitter sahifasida.

Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, endilikda ijtimoiy tarmoq oʻz reklama siyosatini televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan amal qiladigan qoidalarga muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda.