Uch mehmonxonaga umumiy qiymati 14 milliard so'mdan ortiq subsidiya taqdim etildi
Investorlarga avval 3 yulduzli mehmonxonaning 1 xonasi uchun 40 million so'm, 4 yulduzli mehmonxonanign 1 xonasi uchun esa 65 million so'm miqdorida subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
8 iyun kuni uch mehmonxona rahbariyatiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan subsidiyalar sertifikatlari topshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarning maqsadi O'zbekiston tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va investorlarni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Subsidiyalar olgan mehmonxonalar:
1) "Gabrielle Invest" MCHJ- Toshkentda 50 xonadan tashkil topgan 3 yulduzli mehmonxonani qurish va foydalanishga topshirish uchun 2 000 000 000 so'm.
2) "Regal Stay Hotel" MChJ Toshkent shahrida 74 xonali 3 yulduzli mehmonxona kompleksini qurish va foydalanishga topshirish uchun 2 960 000 000 so'mlik subsidiya.
3) "Avesta Technologies" MCHJ Toshkentda Courtyard by Marriot brendi ostida 131 xonali 4 yulduzli turar joy obyektini qurish va foydalanishga topshirish uchun 8 515 000 000 so'm miqdorida subsidiya oldi.