UEFA Chempionlar ligasining dastlabki taqvimini eʼlon qildi

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) o‘z saytida Chempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumi uchun vaqtinchalik taqvimni e’lon qildi.

Turnirning saralash bosqichi 21-iyun kuni boshlanadi, ushbu bosqichning final o‘yinlari 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Birinchi saralash bosqichi o'yinlari 5-6 va 12-13-iyul kunlari, ikkinchisi - 19-20 va 26-27-iyul kunlari, uchinchisi - 2-3 va 9-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Saralashning pley-off o'yinlari 16-17 va 23-24-avgust kunlariga belgilangan.

Shuningdek, guruh bosqich o‘yinlari 6-sentabrdan start oladi hamda 1-2-noyabrga qadar davom etadi. Musobaqaning pley-off bosqichi uchrashuvlarining 1/8 finali 14-fevral va 15-mart oralig‘ida tashkil etiladi.

Chorak final o‘yinlarining o‘tkazilish vaqti 11-12-aprel va 18-19-aprel kunlariga belgilangan. Yarim final bahslari esa 9-10-may kunlari, javob uchrashuvlari 16-17-may sanalarida o‘tkaziladi.

Musobaqaning final o‘yini 10-iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.