Ukraina Yevropa Ittifoqiga aʼzolik uchun ariza topshirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi delegatsiyasi rahbari Matti Maasikasga Ukrainaning YeI aʼzoligiga nomzod maqomini olish uchun toʻldirilgan soʻrovnomani topshirdi.

“Bugun davlatimiz uchun Yevropa Ittifoqiga qoʼshilish qadamlaridan biri tashlandi, xalqimiz Yevropa tomonga intilyapti va bu uchun kurashmoqda”, dedi Zelenskiy hujjatni topshirar ekan.

Ukraina rahbari Kiyev qoʼllab-quvvatlanishiga va jamiyatga qoʼshilish uchun nomzod boʼlishga umid bildirdi.

Zelenskiy Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshlaganidan to‘rt kun o‘tib, 28-fevral kuni Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun ariza bergan. Hujjat Yevropa Kengashi, Yevroparlament rahbarlariga, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga yo‘llangan.

8-aprel kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukraina prezidentiga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha so‘rovnoma topshirdi.