Ukrainada harbiy safarbarlik eʼlon qilindi

Ukrainada zaxirada turgan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan zobitlar va oddiy askarlar harbiy xizmatga chaqirildi.

Bu haqda chorshanba kuni mamlakat qurolli kuchlar bosh shtabi matbuot xizmati xabar bergan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 22-fevralda mamlakat uchun muhim davrda zaxiradagilarni harbiy xizmatga chaqirish haqida farmonni imzoladi.

"Chaqiriq zaxiraga olingan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan fuqarolarga tegishli. Chaqiriq bugundan boshlanadi. Xizmatning davomiyligi 1 yilgacha", deyiladi xabarda.

Bosh shtabning maʼlumot berishicha, zaxiradagilar birinchi navbatda, oʼzlari avval xizmat qilgan harbiy qismlarda oʼz mutaxassisliklari bo'yicha xizmat oʼtaydi. Chaqirilgan zaxiradagilarning ish oʼrni va oʼrtacha maoshi saqlanadi.