Ukrainada hozir o‘z fuqarolari haqida qayg‘uradigan rahbariyat yo‘q - Ramzan Qodirov

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida Ukrainadagi harbiy amaliyotlar munosabati bilan murojaat qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada hozir o‘z fuqarolari haqida qayg‘uradigan rahbariyat yo‘q. “Zelenskiy faqat bugun emas, balki uzoq vaqt avval dunyo bilan aloqasini yo'qotgan. Davlatni u boshqarmadi, uni boshqardilar. Unga bo'lgan ishonch yo'qoldi, chunki u biron bir ishonchli va qasddan harakat qilmadi.
“Prezident Vladimir Putin, har qanday rossiyalik kabi, qardosh xalq orasida insonlar qurbon boʻlishini istamaydi. U ukrainaliklar G‘arb “sheriklari”ning xohish-istaklariga bog‘liq bo’lmagan holda, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishini istaydi.
Qodirov Checheniston Respublikasi fuqarolari orasida talofatlar borligini tan oldi. "Ikki kishi halok bo'ldi, yana olti kishi turli darajada jarohat oldi." "Ha, ular urushda halok bo’ladilar va bu ularning kasbi. Bu yigitlar ikki davlat xavfsizligi uchun jonini fido qilgan qahramonlar bo‘lishni tanladilar”.
“Biz fashistlar va terrorchilarni yo‘q qilish, shaharlarni ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarga o‘tishimiz kerak. Bu kurashda Ukraina qurolli kuchlari rus qo'shinlari bilan yelkama-yelka turishga haqli.






