Ukrainadagi urush: Eng yomoni hali oldinda

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Maxsus harbiy operatsiya topshiriqlari bajariladi, muzokaralarning kechikishi esa Kiyevga qo‘shimcha talablar qo‘yilishiga olib keladi”, — dedi Vladimir Putin payshanba kuni Emmanuel Makronga telefon orqali muloqot chog‘ida.
Suhbatni yakunlar ekan, Fransiya prezidenti “eng yomoni hali oldinda” va Rossiya rahbarining rejalari butun Ukrainani “nazorat qilish” degan fikrni bildirdi.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan Putin, “natsistlarning millatchilik targ‘iboti”ga qaramay, ruslar va ukrainaliklar bir xalq ekanini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini, chunki u bu urushni to‘xtatishning yagona yo‘li deb bilishini aytdi.
G‘arb davlatlariga murojaat qilgan Zelenskiy, agar Ukraina qulab tushsa, Rossiya “Berlin devori”ga yetib borish uchun Boltiqbo‘yi davlatlaridan boshlab Sharqiy Yevropaning qolgan qismiga hujum qilishini ta’kidladi.






