Ukrainadan jami 3 245 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Ma'lum qilinishicha, 28-fevraldan 5-martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi va 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

2022-yil 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar O'zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.

O'zbekistonnig Kiyev shahridagi Elchixonasi sa'y-harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar vatandoshimiz evakuatsiya qilindi. Sumi oblasti ma'muriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda o'qiyotgan 25 o'zbek talabasini olib chiqish uchun "yashil yo'lak" ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.

"O'zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo’lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar", deyiladi vazirlik xabarida.