Ulug'bek Rashitov taekvondo bo'yicha Olimpiya o'yinlarining finaliga chiqdi

Ulug'bek Rashitov - O'zbekiston tarixida taekvondo bo'yicha Olimpiya o'yinlari sovrindori bo'lgan birinchi sportchi.

Ulug'bek Rashitov (-68 kg) yarim finalni Nedzad Xushichga (Bosniya va Gertsegovina) qarshi muvaffaqiyatli o'tkazdi va 28: 5 hisobida g'alaba qozondi.

Shunday qilib, Ulug'bek Rashitov o'zi uchun kamida kumush medalni qo'lga kiritdi va endi finalda Buyuk Britaniya-Xitoy jangi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.

Final Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.