Ulugʼbek Kasimxodjayev Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori etib tayinlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-fevraldagi 54-sonli qaroriga muvofiq, Kasimxodjayev Ulugʼbek Patxidinovich Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U.Kasimxodjayev ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʼyicha maslahatchisi, Toshkent xalqaro taʼlim universiteti rektori, Turizmni rivojlantirish Davlat qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari, shuningdek, turli xorijiy kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.