Umumiy maydoni 305 gektarni tashkil etayotgan zaʼfaron plantatsiyasi

Bugun, 23-sentabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Respublikamizning yigirmadan ortiq respublika va xududiy OАV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Ommaviy axborot vositalari, televideniya, gazeta va jurnallar bilan bir qatorda zaʼfaron plantatsiyasida tashkil etilgan namunaviy ekish tadbirida Italiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Аgostino Pinna, Qishloq xoʼjaligi vazirligi mutasaddilari hamda boshqa davlat idoralari vakillari ham ishtirok etdilar.
Ta’kidlash joizki, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 3 yil davomida eksportbop zaʼfaron oʼsimligini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish boʼyicha loyiha BMB TRADE GROUP va Italiyaning FIN.OPERA s.r.l. kompaniyalari taʼsischiligidagi “BMB-OPERA ZAFFERANO” va Tojikistonning “AVAS Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “BMB-AVAS Zafaron” qoʼshma korxonalari tomonidan 204,5 ga yer maydonida umumiy qiymati 40,4 million yevro miqdoridagi investitsiyalar asosida amalga oshirilib kelinmoqda.
Qoʼshimcha 16 milliondan ortiq zaʼfaron tuganak piyozboshlarini namunaviy ekilishi hisobiga, zaʼfaron plantatsiyaning umumiy maydoni 305 gektarni tashkil etdi.






