Urs Unkauf: Ishonch uchrashuvlar va shaxsiy aloqalarga asoslanadi

Germaniyaning Iqtisodiy rivojlanish va tashqi savdo federal assotsiatsiyasi Global iqtisodiy tarmog'ining hukumat bilan aloqalar bo'yicha direktori Urs Unkauf eksklyuziv intervyu berdi. Unda ekspert xalqaro konferentsiya taassurotlari va Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning kelgusi taraqqiyoti haqida gapirdi.

Germaniyadan kelgan mehmon Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning kelgusi taraqqiyoti toʻgʻrisida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

-Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu konferentsiyani tashkillashtirgani men uchun katta quvonch. Konferentsiya nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosdagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu yil Markaziy Osiyo mamlakatlarida mustaqillikning 30 yilligi nishonlanadi va bu Markaziy Osiyo mintaqalar o'rtasidagi aloqalarning rivojlanishini baholash uchun ajoyib imkoniyatdir. O'ylashim bo'yicha, Germaniya mintaqalarning intensiv muloqotlari va tashabbuslarida qatnashishi kerak.

Urs Unkauf, shuningdek, xalqaro anjuman haqidagi taassurotlarini so'zlab berdi:

-Konferentsiya muvaffaqiyatli o'tdi. Bu o'tgan yili pandemiya boshlanganidan beri xalqaro miqyosdagi birinchi uchrashuv. Va mening fikrimcha, diplomatiya va siyosat sohasida qarorlar faqat ishonch mavjud bo'lganda qabul qilinishi mumkin. Ishonch shaxsiy aloqalar va uchrashuvlarga asoslanadi. Shuning uchun O'zbekiston Prezidentining ushbu tashabbusi oʻrinli bo'ldi. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqadagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun bizlarni taklif qildi.