USAID ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun $1 mln ajratadi

O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligi va AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) respublikada agrosanoat kompleksini qo'llab-quvvatlash to'g'risida memorandum imzoladilar. Hujjatda Qishloq xo'jaligi vazirligi rahbari Jamshid Xodjaev va USAID missiyasi direktori Mikaela Meredith imzo chekdi.

Tadbir davomida USAID O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSH dollari ajratishini ma’lum qildi. Ushbu mablag‘lar qishloq ayollarining axborot texnologiyalari borasidagi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularga tijorat korxonalarini ochish va mahalliy korxonalarga rasmiy ishga joylashishlariga ko‘maklashish uchun tasarruf etiladi.

Ta'kidlanganidek, USAIDning agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 18,9 mln AQSH dollariga baholangan yangi loyihasi (ADA) birgalikdagi tashabbuslarimizni kuchaytirish hamda avvalgi "Qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjiri" loyihasi yutuqlarini kengaytirish uchun qulay imkoniyatga aylanadi.

Mikaela Meredith ma'lumotlariga ko'ra, imzolangan bitim mamlakatda birgalikda ishlashga qo'shimcha turtki beradi va agro sektorining, ichki va xalqaro chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshiradi.