USAID O'zbekistonga ta'lim tizimini modernizatsiya qilishga yordam beradi

Amerika Qo'shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi uchun ikkita turkum darsliklarga litsenziya sotib olinganini e'lon qildi.
O‘zbekiston kontekstiga moslashtirilgan darsliklar 2021−2022-o‘quv yilida 200 ta maktabda sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu darsliklarning respublika bo‘yicha 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi o‘rtasida taqsimlanishi 2022−2023-o‘quv yilidan boshlanadi.
Bu yuqori sifatli asosiy hujjatlar Xalq ta'limi vazirligiga mamlakat ta'lim tizimini modernizatsiya qilishga yordam beradi.






