Ilon Mask va Yevropaning eng boy odami Bernard Arno bir hafta ichida o'z boyliklarini 13 mlrd. dollarga oshirdilar

Ilon Mask va Louis Vuitton egasining boyligi bozorning rekord darajada o’sishi natijasida 13 mlrd. dollarga oshdi va dunyoning eng boy biznesmen Jeff Bezosning boyligiga yetib qoldi.  Qimmatli qog'ozlar bozorlari to'rtinchi hafta ketma-ket yangi rekord bilan yopildi.

Arno LVMH kompaniyasining aksiyalari hafta davomida 7,8 foizga o'sdi va rekord darajaga yetdi. Forbes USA ning yozishicha, investorlar kompaniyadan katta savdolar amalga oshishini kutmoqdalar hamda yangi xaridlar va yangi hamkorlarni ma'qullashmoqda. Tiffany & Co. zargarlik brendini 15,8 mlrd. dollarga sotib olish ijobiy qayd etildi. Forbes Real-Time reytingiga ko’ra, Arnoning boyligi 181,6 mlrd. dollarga yetdi. Biznesmenning kapitali 2020 yil martidan boshlab 100 mlrd. dollardan oshdi, deya ta'kidladi Forbes USA.

Arno, besh kunlik savdo natijalariga ko'ra, hozirgi Forbes ro'yxatida ikkinchi qatorni egalladi. Seshanba kuni Ilon Mask bir kunda boyligiga 12,3 mlrd. dollar qo’shilganida ushbu qatorni egallagan edi, biroq juma kuni Arno uni yana mag'lub etdi. Forbes Real-Time ro’yxatiga ko’ra, endi Maskning boyligi 179,7 mlrd. dollarga baholanmoqda. Tesla aksiyalari savdo haftasini deyarli 740 dollarlik darajada yakunladi - besh kun ichida 9,3%ga oshdi. Canaccord Genuity tahlilchisi Jed Dorsxaymer aksiya narxlarini o’z prognoziga ko’ra ikki barobardan ziyod oshirgandan so'ng, kompaniyaning bir aksiyasining narxi 419 dollardan 1071 dollarga tezda oshib ketdi. Mutaxassis Teslaning salohiyatini qayta tiklanadigan energiyaning bozorini yanada kengaytirishini ta’kidladi: masalan, quyosh energiyasi yoki energiyani to’plashda. Tesla aksiyalari yanvar oyidagi erishilgan cho’qqiga nisbatan 16 foizga kam, ammo mart oyida tushib ketganidan 31 foizga ko’proq, deya ta'kidladi Forbes USA. Dorsxaymerning fikricha, Teslaning qayta tiklanadigan energiya bozoridagi salohiyati Apple kompaniyasining maishiy elektronikadagi ustunligi bilan taqqoslanuvchandir.