UzAuto Motors avtomobillari Tojikistonda ishlab chiqariladi

2021 yil 9-iyun kuni O'zbekiston davlat rahbari Tojikiston Respublikasiga tashrifi chog'ida birinchi o'zbek-tojik mintaqalararo investitsiya forumi bo'lib o'tdi, unda Tojikistonda "UzAuto Motors Tadjikistan"ni tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Ushbu loyiha Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabirning 2021 yil 21 aprelda O'zbekistonga tashrifi davomida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirildi.

Shuni ta'kidlash kerakki, loyiha 2 million dollarga baholanmoqda.