UzAutoMotors Cadillac sotuvini boshlaydi

UzAuto Motors 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzAuto Motors’ning sotuvga chiqarilayotgan aksiyalari anderrayteri hisoblangan Freedom Broker ma'lum qildi.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yil oxiridan Nexia-3 va Spark , 2023 yilning oxiridan esa Lacetti-Gentra avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Shu tariqa, faqat avtomat uzatmali varianti 127 mln 145 ming so‘mdan sotilayotgan Cobalt «O‘zavto»ning eng arzon sedaniga aylanadi.

Qayd etilishicha, joriy yilning oxiridan boshlab Trailblazer savdosi ham to‘xtatiladi.

O‘z navbatida, 2024 yildan boshlab O‘zbekistonda ham Cobaltʼning yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. UzAuto Motors bu borada General Motors bilan muzokaralar boshlagan.