Uzbekistan Airways UITM-2021 ko'rgazmasida ishtirok etdi

Uzbekistan Airways Kiyevdagi koʻrgazmada ishtirok etmoqda
«Uzbekistan Airways» AJ 5-6 oktabr kunlari Kiyev shahrida boʻlib oʻtayotgan UITM-2021 (Ukrainian International Travel Market) koʻrgazmasida ishtirok etmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu koʻrgazma Uzbekistan Airways jamoasi uchun joriy yildagi birinchi ishtirok boʻlib, unda Toshkent-Kiyev-Toshkent qatnovi tiklanishi asosiy mavzuga aylandi.
«Uzbekistan Airways» AJ vakillari ishtirokchilarga O’zbekiston va Ukraina o’rtasidagi aviatashuvlar qayta tiklangani va O’zbekiston sayyohlarga nimasi bilan qiziq bo’lishi haqida gapirib berishdi. Ko’rgazma doirasida aviakompaniya vakillari 100 dan ortiq sayyohlik tashkilotlari va turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishdi.






