Uzbekistan’s club platformasi ishga tushdi

Xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan o‘zbekistonliklarni bir yerga jamlash maqsadida Uzbekistan’s club global platformasi yaratildi. Tashkilotchilar eksklyuziv va yuqori sifatli, ta’sirchan kontent bilan yoshlarga motivatsiya ulashishni maqsad qilgan.
“Platformada Tokiodan Torontogacha, San-Fransiskodan Singapurgacha yoyilgan, ammo ildizi bir yurtga borib taqaladigan vatandoshlarimizning aqliy salohiyatidan bahramand bo‘lasiz... Uzbekistan’s club mamlakatimizda tug’ilib o‘sgan va chet mamlakatlarda zafar quchgan ziyolilarning intellektual salohiyati jamg’armasiga aylanadi”, deydi loyiha tashkilotchilari.
Ularning taʼkidlashicha, klub zamonaviy platforma orqali xorijdagi o'zbekistonliklarni bir yerda jamlashni va birgalikda Vatanga, ko'p millionli aholimiz, ayniqsa yoshlarga foydasi tegadigan loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan.
Hozirda klubga rezident hamda media rezidentlarning a’zoligi yo‘lga qo‘yilgan.






