O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 126-o‘rinda

“Transparency International” tashkilotining “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ga ko’ra, O‘zbekiston 2022-yil natijalariga ko‘ra, 180 ta davlat orasida 31 ball (o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 5 ball yuqori) bilan 126-o‘rinda qayd etilgan. Reytingda Daniya 1-o‘rinda, Finlandiya hamda Yangi Zelandiya 2-o‘rinda ko’rsatilgan.
Hisobotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston korrupsiyaning oldini olishni o‘zining ustuvor maqsadlaridan biriga aylantirgani, shu munosabat bilan korrupsiyaga qarshi muassasa tuzilib, shaffoflikni oshirish uchun davlat xaridlari bo‘yicha onlayn platforma ishga tushirilgani ta’kidlanga.
Shuningdek, reytingda Markaziy Osiyo mintaqalari orasida Qozog‘iston 101-o‘rinni, Qirg‘iziston 140-o‘rinni, Tojikiston 150-o‘rinni, Turkmaniston esa 167-o‘rinni egallagan.
Jahonning eng korrupsiyalashgan mamlakatlari qatorida Janubiy Sudan, Suriya va Somali kabilar qayd etilgan.






