O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ilk bor 50 mlrd dollardan oshdi

Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 50 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 7 milliard 837,9 million AQSH dollariga yoki 18,6 foizga ko’p degani.

Bunda eksport – $19,3 mlrd:
• tovarlar – $11 mlrd;
• xizmatlar – $4 mlrd;
• Oltin – $4,3 mlrd;

Import – $30,7 mlrd;
• tovarlar – $28,2 mlrd;
• xizmatlar – $2,5 mlrd;

Saldo – $11,4 mlrd ya’ni hisobot davrida – 11 mlrd 390,2 mln AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmaning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasi - 18,6%, XXR - 17,8%, Qozog‘iston - 9,2%, Turkiya - 6,4%, Koreya Respublikasi - 4,7%, Qirg‘iz Respublikasi - 2,5 % va Germaniya - 2,3%.