O‘zbekiston valyuta birjasida savdolarning umumiy hajmi 64 mlrd dollarga yetdi

2022-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida(O‘zRVB) savdolarning umumiy hajmi rekord daraja - 706,79 trln so‘mga(64 mlrd dollar) yetib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichiga nisbatan o‘sish 81,60 foizni tashkil etdi.
O‘zRVB valyuta bozorida AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va Xitoy yuani oldi-sotdisi bo‘yicha spot operatsiyalari O‘zRVB tomonidan ishlab chiqilgan “Rhombus” platformasida "koll-auksion" hamda ikki tomonlama uzluksiz auksion zamonaviy usullari orqali amalga oshiriladi.
2022-yil yakunlari bo‘yicha birja valyuta bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 338,34 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 barobar oshdi.






