Vaksina olganlar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatiladimi?

7-iyul kuni Sog'liqni saqlash vazirligi xodimi brifingda emlash samaradorligi haqida gapirdi.

"Vaksina olganlar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatiladimi?" savoliga shifokor quyidagicha javob berdi:

-Afsuski, ha. Koronavirusga qarshi vaksina olgan odam bir necha sabablardan virusni yuqtirib olishi mumkin. Birinchidan, agar odam vaksina olgan bo'lsa va karantin qoidalariga rioya qilmasa, niqob taqmagan holda, ijtimoiy masofani saqlamagan holda, va ayniqsa koronavirus kasalligiga chalingan bemor bilan muloqot bo'lib qolsa, uning organizmiga virus tushishi tabiiy. Ikkinchidan, vaksinani olishdan oldin odamlar koronavirusga test topshirishmaydi, shuning uchun organizmiga oldin virus tushgan-tushmasligini bilmay qolamiz. Emlangan fuqaroda inkubatsiya davridan keyin (3 kundan 14 kungacha davom etadi) baribir kasallik yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassis, shuningdek, vaktsinani olgan barcha fuqarolardan karantin qoidalariga rioya qilishni iltimos qildi.