Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiramiz yetarli - Shavkat Mirziyoyev

Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda. Bu esa ichki bozordagi narx-navoga, ayniqsa, oziq-ovqat narxlari va inflyatsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xususan, go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxining oshishiga yo‘l qo‘yilmadi. Chet el korxonalari Toshkent tovar-xomashyo birjasida oziq-ovqat mahsulotlarini sotishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratildi. Valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi.

– Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo‘lmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiramiz yetarli, – dedi davlat rahbari. 


Jumladan, banklar tomonidan tadbirkorlarga xomashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratiladi. 

Yig‘ilishda Toshkent investitsiya forumi yakunlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur anjumanda qariyb 8 milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishilgan. Ko‘plab xorijiy tadbirkorlar yurtimizda o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish istagini bildirgan.


Yig‘ilishda aholi bandligi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

– Bu masalaga faqat iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida emas, balki “xalqimizning ijtimoiy himoyasi” nuqtai nazaridan qarash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish ko‘rsatkichlari viloyat va tumanlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.