"Virgin Galactic" kosmik sayyohlik chiptalari savdosini boshladi

“Virgin Galactic” o'zining 450 000 dollarlik chiptalari sotuvini qayta yo’lga qo’ymoqda. Bu esa mijozlarga kosmos bo’ylab 90 daqiqalik sayohat imkonini beradi.

Kompaniya allaqachon 600 ga yaqin buyurtmalar qabul qilib olgan. Har bir o’rin uchun chipta narxi 200 000 dan 250 000 dollarga baholagan. Kecha kompaniya chiptalar 16-fevraldan sotuvga chiqarilishini e'lon qildi. Ammo, parvoz oldindan 150 000 dollar depozit talab qiladi.

“Virgin Galactic” kompaniyasining noyabr oyida bo'lib o'tgan so'nggi daromadlari to’g’risidagi tahlilida bosh direktor Maykl Kolglazier kompaniya oldingi bir necha oy davomida o'zining savdo jarayonini sinab ko'rganini va 100 ga yaqin o'rinlarni yangi narxda, ya’ni 450 000 dollardan sotganini aytdi. Kompaniya tijorat faoliyatini boshlashdan oldin jami 1000 ta o'rinni sotishni maqsad qilgan.

Ayni paytda, “Virgin Galactic”ning suborbital kosmik turizmidagi asosiy raqobatchisi Jeff Bezosning “Blue Origin” kompaniyasi mashhurlar va maxsus mijozlar uchun 3 ta muvaffaqiyatli ekipaj missiyasini boshladi (Blue Origin chiptalari qanchaga tushganini oshkor qilmagan).