Viva Magenta - 2023-yilning asosiy rangi e'lon qilindi

"Pantone 18-1750 Viva Magenta" bo'lgan - binafsha tusli to'q qizil rang 2023-yilning asosiy rangi deya e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, ushbu ma’lumotlar Pantone xalqaro tadqiqot instituti rasmiy saytida qayd etilgan.
Kompaniya xodimlari karmin deb nomlangan tabiiy bo'yoqdan ilhomlangan holda yangi rangni ishlab chiqqan.
"Viva Magenta bizning ichki kuchimizni mustahkamlashga va yuqori texnologiyali dunyoda tabiat bilan qayta bog'lanishimizga yordam beradi", - deydi Pantone Rang instituti ijrochi direktori Leatrice Eiseman.
Biroq, u bu rang isyonning ramzi ekanligini ta'kidladi. "Jasur, aqlli va inklyuziv, "Pantone 18-1750 Viva Magenta" barchani bir xil isyonkor ruh bilan kutib oladi", - deb qo'shimcha qildi Eysman.
P.S. Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2000-yildan buyon dunyoning asosiy rangini tanlaydi. 20-asrning o'rtalarida kompaniya raqamli displeydan foydalanadigan standartlashtirilgan ranglarni moslashtirish tizimini ishlab chiqqan edi. Rang namunalari muntazam ravishda maxsus kataloglarda chiqariladi.






