Vladimir Norov AQSh Davlat kotibining o'rinbosari bilan uchrashdi

BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo’lib turgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nuland bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston-Amerika strategik sherikligi ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining rivoji haqida so’z yuritildi. Shuningdek, V.Nuland Amerika tomoni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosatini qo'llab-quvvatlashini qayd etdi. Rasmiy Vashingtonning O'zbekiston bilan aloqalarni ikki tomonlama darajada va "C5+1"formatida mustahkamlashga tayyorligi ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida bo'lajak tadbirlar jadvali, savdo-investitsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo'yicha ham fikr almashildi.






