Vladivostokda «Osiyo bolalari-2022» VII Xalqaro sport o‘yinlari bo’lib o’tmoqda

Bugun Vladivostokda 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida “Osiyo bolalari-2022” VII Xalqaro sport o‘yinlari boshlandi va u 8-avgustga qadar davom etadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, musobaqada 14 davlatdan jamoalar ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni ikki mingga yaqin. Medallar sportning 19 turi: badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, kurash, suzish, sambo, erkin kurash, futzal va boshqa sport turlari bo‘yicha taqdim etilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Vladivostok orqali “Osiyo bolalari-2022” o‘yinlarining alangasi bilan mash’ala olib o‘tiladi.
P.S. “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari 1996-yildan buyon Xalqaro olimpiya qo‘mitasi homiyligida butun Osiyo qit’asi, shuningdek, ayrim Yevropa davlatlarini qamrab olgan holda har to‘rt yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.
O'yinlar Saxa Respublikasining birinchi prezidenti Mixail Nikolayev tashabbusi bilan zamonaviy Olimpiya harakatining 100 yilligini nishonlash maqsadida tashkil etilgan.






