«Vostochniy» kosmodromidan 36 ta OneWeb aloqa sun'iy yo'ldoshiga ega «Soyuz» raketasi uchirildi

Britaniyaning OneWeb kompaniyasi sun'iy yo'ldoshlari bilan “Soyuz” raketasi dushanba kuni “Vostochniy” kosmodromidan uchirildi. Bu Britaniya kompaniyasi sun'iy yo'ldoshlarining orbitaga uchirilishining oltinchisidir. Bu Yuriy Gagarinning kosmosga parvozining 60 yilligiga bag'ishlandi. "Kosmik" internet bo’yicha Ilon Maskning raqibi bo’lgan Britaniya kosmosga 882 ta aloqa sun'iy yo'ldosh uchirishni rejalashtirmoqda.

OneWeb - bu mobil sun'iy yo'ldosh texnologiyalaridan foydalangan holda keng polosali internetni ta'minlash uchun mo'ljallangan OneWeb korporatsiyasining o'zaro bog'liq yerning sun'iy yo'ldosh tizimi. Bir necha yil ichida OneWeb kompaniyasi 3,4 mlrd. dollarlik investitsiyalarni jalb qildi, jumladan Airbus, Bharti, Coca-Cola, Virgin Group, Qualcomm va SoftBank. 2020 yil mart oyida u bankrotlik to'g'risida sudga murojaat qildi va iyul oyida Buyuk Britaniya hukumati va Hindistonning Bharti Global telekommunikatsiya kompaniyasi nazorati ostiga o'tdi. Shu sababli, Britaniyalik operator "Roskosmos" ning sho'ba korxonasi bilan brigalikda qo'shma korxonani tark etdi.

Bu “Vostochniy” kosmodromidan loyiha bo’yicha oltinchi va tijorat bo’yicha uchinchi marotaba uchirilishidir. Ushbu kosmodrom Yevropa uchirish xizmatlarini taqdim etuvchi Arianespace va “Starsem” Rossiya-Fransiya kompaniyasi buyurtmasiga binoan amalga oshiradi, deya xabar berdi Roskosmos. “Vostochniy”dan oldingi uchirish 25 mart kuni bo'lib o'tdi. “Fregat” tezlanish blokiga ega “Soyuz 2.1б” raketasi uch soat davomida aloqa sun'iy yo'ldoshlarini taxminan 450 km balandlikda orbitaga olib chiqishi kerak. Arianespace OneWeb bilan "Soyuz" raketalar tashuvchisini 21-marta uchirish to'g'risidagi shartnomani imzoladi.