Voyaga yetmaganlar ham davlat organlariga mustaqil murojaat qilishi mumkin

Qonunchilikka ko'ra, voyaga yetmagan shaxslar o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.

Bunda voyaga yetmagan shaxslar to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ularning murojaatlarini ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.