"Выше-Крыши" kompaniyasi asoschisi Saidali Rasulov va "Bright Uzbekistan" asoschisi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

"Выше-Крыши" ko'p tarmoqli kompaniyasi 2014-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Dastlab kompaniya faqat qurilish faoliyatini amalga oshirgan. Keyinchalik, 2015-yilda eksport uchun baliqchilik xo'jaliklariga qayta ishlangan ozuqa ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

2016-yildagi katta muvaffaqiyat tufayli kompaniya 1 mlrd. so'mlik investitsiyalar hamda keng ko'lamli va takomillashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari uchun Latviyadan mutaxassislarni jalb qildi. Loyihaning eksport salohiyati Daviat rahbari Shavkat Mirziyoyevning e'tiborini tortdi. Prezident farmoni bilan ishlab chiqarish ko'lamini oshirish to'g'risida ko'rsatma berildi va 2017-yilda kompaniya baliq konservalarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Ushbu turdagi mahsulot jahon bozorida yuqori talabga ega, shuningdek, u faqat 3 mamlakat - Rossiya, AQSh, Xitoyda ishlab chiqariladi. O'zbekiston bunday loyihani boshlagan to'rtinchi mamlakat bo'ldi.