WBL: dunyoning 500 ta eng nufuzli brendlari reytingi

World Brand Lab (WBL) tadqiqot kompaniyasi tomonidan dunyoning 500 ta eng nufuzli brendlari reytingi e'lon qilindi. Unda Apple birinchi o'rinda qayd etilgan bo’lsa, o‘tgan yilgi yetakchi Google joriy yilda uchinchi o‘rinda ko’rsatilgan. Reytingning ikkinchi pog’onasini esa Microsoft korporatsiyasi band etgan.
Ma’lumotlarga ko’ra dunyodagi eng nufuzli brendlar o'nligida sakkizta o'rinni Amerika kompaniyalari egallagan. Jumladan Amazon, Walmart, McDonald's, Coca-Cola va Tesla ushbu ro'yxatda qayd etilgan.
Reytingda jami 33 davlat o‘rin olgan bo’lib, AQSh brendlari yetakchilik qilmoqda. Katta farq bilan (500 tadan 198 tasi), Fransiya, Yaponiya, Xitoy va Buyuk Britaniya ham kuchli beshlikka kirgan. Shuningdek, ro‘yxatda Germaniya, Shveytsariya va Italiya 10 dan ortiq brendlar bilan ifodalangan.
P.S. World Brand Lab 2003-yildan buyon 60 ta davlatdan 80 000 dan ortiq brendni kuzatgan holda, dunyoning eng nufuzli brendlari reytingini tuzib kelmoqda.






